12/09/2018
“Baxt Kuni” nafaqat O’zbekistonda, balki chet davlatlarida mumtoz va klassik musiqa yo’nalishida ijod qilayotgan sozanda va xonandalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi.
“Baxt Kuni” asoschilari Komiljon Mirzayev (O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist g’ijjakchi sozanda) va Hurshid Aripov (O’zDKA O’zbek maqom ijrochiligi kafedrasi katta o’qituvchisi, naychi sozanda) Isroil va AQSH davlati ijodkorlari bilan 2 yildan buyon hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Isroillik sozanda Yoqub Pinhasov, AQSHlik maqomchi honanda Daniel Khayimov, shashmaqom va mumtoz musiqasi ijrochisi Palina Hamrayeva bilan o’zbek maqomi va xalq ashulalarini ansambil jo’rligida yozib olishdi va kuylarning minusovkasini O’zbekistonda yozib Isroil va AQSHga Internet tarmog’i orqali uzviy almashilinib borishdi. Ijodkorlar o’z mehnatlarining samarasi bo’lmish musiqalar to’plami albomini “Baxt Kuni” bilan hamkorlikda Isroil va AQSH da ommaga taqdim etishdi. Ushbu ijodkorlar o’z ijod namunalarini 28-avgustda Turkiston konsert saroyida bo’lib o’tgan Izro Malakov va Muhabbat Shamayeva konsert dasturida hamda barcha O’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi telekanallarida jumladan “Assalom O’zbekiston” dasturida jonli ijroda namoyish etdilar.
“Baxt kuni” barcha turdagi musiqa va kuylarni yozib olish va minusovka tayyorlab berishda barcha chet ellik ijodkorlarni yaqindan hamkorlikka chaqiradi va bunda barcha xizmat turlarini taklif etadi
✅Biz bilan bog’laning
+998901878759
+998935838822
👉Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
telegram.me/baxt_kuni
Instagram.com/baxt_kuni
facebook.com/baxtkuni/