G'alaba bog'i yodgorlik majmuasi

G'alaba bog'i yodgorlik majmuasi "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Mudofaa vazirligi huzurida tashkil etilgan.

“Gʻalaba bog‘i” yoshlar e’tirofidaYoz fasli kelishi bilan yurtimiz uzra quyosh o‘z zarrin nurlarini sochib, issiq kunlar...
12/06/2026

“Gʻalaba bog‘i” yoshlar e’tirofida
Yoz fasli kelishi bilan yurtimiz uzra quyosh o‘z zarrin nurlarini sochib, issiq kunlar boshlanadi. Yoz faslining ilk kunlaridanoq umumta’lim maktabi o‘quvchilari ta’tilga chiqib, yurtimizning salqin go‘shalari va diqqatga sazovor maskanlariga sayohat qilishadi. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ham yoshlarimizning eng sevimli masaniga aylanib ulgurgan.
– “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga kelib vatan qadri, tinchlikning –qiymatini chuqurroq angladim – deya to‘lqinlanib so‘z boshladi poytaxtimizdagi 175-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Lochinbek Shavkatov.
– Ayniqsa, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi ajdodlarimizga taalluqli bo‘lgan eksponatlar beixtiyor insonni o‘sha davr muhitini his qilishga, ular naqadar og‘ir va ayanchli davrni boshidan o‘tkazganligini aniq dalilar asosida bayon etilgani, biroz yuragimni larzaga soldiki, men o‘zimga kerakli xulosalarni oldim. Vatan naqadar muqaddas ekani, tinchlik va bugungi farovon xayotimizni qadriga yetish kabi his tuyg‘ularim yanada kuchliroq o‘z aksini todi.
Darhaqiqat, ushbu majmua nafaqat Ikkinchi jahon urushi davridagi ota-bobolarimizning boshiga tushgan ayanchli taqdiridan so‘zlamoqda, balki, yurtdoshlarimiz qalbida vatanparvarlik va shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkam tus olishida muhim ahamitga ega bo‘lmoqda.

Bilimli yoshlar e’tirof etildi“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi – bugungi k***a nafaqat tarixiy xotira maskaniga, balki...
08/06/2026

Bilimli yoshlar e’tirof etildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi – bugungi k***a nafaqat tarixiy xotira maskaniga, balki yoshlar ruhi va vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalaydigan haqiqiy maktabga aylandi. Mardlik va jasoratning shohidi – ushbu qutlug‘ maskanda yodgorlik majmualari, qurol-aslahalar va harbiy texnikalar orasidan o‘tgan har bir tashrif buyuruvchi beixtiyor tinchlikning qadrini chuqurroq his etadi.

Aynan shu makonda kuni kecha yurtimizning porloq ertasini belgilaydigan voqea yuz berdi: mental arifmetika, matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” musobaqasining g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

Tadbir boshlanishidan avval yosh iste’dodlar “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat qildilar. Ular Ikkinchi jahon urushi davriga oid nodir eksponat va ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishdi. Xalqimizning musibatli sinovlar ichida namoyon etgan botirligi va vatanga muhabbati har bir ishtirokchi ko‘nglida chuqur iz qoldirdi.

Shundan so‘ng boshlangan taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda kechdi: g‘oliblarga diplomlar va esdalik sovg‘alar topshirildi, ota-onalar va ustozlarning iftixorli nigohlari zalga nur sochdi.

Bugun yurtimizda yoshlarni har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar – bu faqat davlat g‘amxo‘rligining namoyoni emas, balki ertangi kunning mustahkam poydevori. Zero, bilimli va vatanparvar avlod – millatimizning eng katta boyligi.

"Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasining yangilangan kirish narxlari bilan tanishing
18/05/2026

"Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasining yangilangan kirish narxlari bilan tanishing

09/05/2026
08/05/2026
08/05/2026

Address

Olmazor Tumani, Sag‘bon Ko‘chasi, 382-uy 100069
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 20:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 21:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 18:00
Sunday 09:00 - 20:00

Telephone

+998908085408

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when G'alaba bog'i yodgorlik majmuasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to G'alaba bog'i yodgorlik majmuasi:

Share