02/06/2026
Yozgi ta’til — bilim va taassurotlarga boy maskan sari qadam
Angren shahar axborot-kutubxona markaziga 13-sonli umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari sinf rahbari Ch.Nazirova boshchiligida sayohat uchun tashrif buyurdi.
Yozgi ta’tilning ilk kunlarini mazmunli o‘tkazayotgan o‘quvchilar kutubxona faoliyati, bolalar uchun ajratilgan adabiyotlar va yangi kitoblar bilan yaqindan tanishdi. Sayohat davomida ularga kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ahamiyati hamda bo‘sh vaqtni foydali tashkil etish haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Kichik kitobsevarlar ertaklar, she’rlar va bolalar adabiyotlari jamlangan bo‘limlarda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni tomosha qildi. Ushbu tashrif bolalarda kitobga mehr uyg‘otish, yozgi ta’tilni mazmunli va foydali o‘tkazishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram |
Facebook | YouTube |